» » Qur’a O‘zbekiston termasini Osiyo chempionatiga chiqish uchun BAA va Livanga raqib qildi

Qur’a O‘zbekiston termasini Osiyo chempionatiga chiqish uchun BAA va Livanga raqib qildi


22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi 15-iyul kuni Osiyo chempionatining saralash turniridagi ishtirokini boshlaydi.

Bugun — 17-mart kuni OFK shtab-kvartirasida saralash o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 ta mamlakat g‘arb va sharq mintaqalariga ajratildi. Yakunda saralash o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomiga oydinlik kiritildi.

Qur’aga ko‘ra, Jasur Abduraimov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqish uchun “D” guruhida kurash olib boradi. Raqiblar: BAA, Livan hamda Nepal. Saralashga BAA mezbonlik qiladi.

Reglamentga ko‘ra, o‘z guruhlarida 1-o‘rinni egallagan termalar final bosqichiga chiptani qo‘lga kiritadi. Shuningdek, 5 ta eng oldi 2-o‘rin egalari ham missiyani uddalagan bo‘lib chiqadi. 16-jamoa Osiyo chempionatining mezboni Xitoy bo‘ladi. Chin mamlakatidagi turnir 2018-yilning 9-yanvar sanasida start oladi.

Qiziq tomoni, saralash turnirida mezbon Xitoyning o‘zi ham ishtirok etadi. Agar terma jamoa o‘z guruhida 1-o‘rinni egallaydigan bo‘lsa, u holda eng yaxshi 6 ta 2-o‘rin egalarida qit’a birinchiligida ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati U22 so‘nggi bor 2016-yilning yanvarida bo‘lib o‘tgandi. Unga O‘zbekiston termasini Samvel Babayan boshlab borgan va guruhdan chiqa olmagan. Shu tariqa Rio—2016 Olimpiadasi chiptasi boy berilgan.

2018-yilgi turnir Olimpiada uchun saralash vazifasini o‘tamaydi. 2020-yilgisi esa Tokio—2020 uchun saralash hisoblanadi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют