» » Sergey Lavrov “yengil narkotiklar” sabab xalqaro konvensiyani tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi

Sergey Lavrov “yengil narkotiklar” sabab xalqaro konvensiyani tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi


Rossiya tashqish ishlar vaziri Sergey Lavrov narkotrafik va terrorizmga qarshi kurash uchun Markaziy Osiyo davlatlari va ularning hamkorlari o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini kuchaytirish lozimligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Markaziy Osiyoda narkotrafik va terrorizmga qarshi kurash kollektiv sa’y-harakatlarni talab qiladi, shu munosabat bilan Markaziy Osiyo narkotik vositalar, psixotrop moddalar ularning prekursorlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy axborot koordinatsion markazining ShHTning Mintaqaviy antiterror tuzilmasi bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish talab etiladi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3-may kuni Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvidagi nuqtida ma’lum qildi.

2?3-may kunlari Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvda mintaqa va Rossiya tashqi ishlar vazirlari, shuningdek BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, AQSh Davlat departamenti, Yevropa Ittifoqi va EHXT vakillari ishtirok etdi.

“Yaqin istiqbolda narkotiklar kontrabandasiga aloqador transmilliy tuzilmalarning faol a’zolariga nisbatan Markaziy Osiyo davlatlari va hamkorlarining vakolatli organlari o‘rtasida muntazam tezkor axborot aylanishini chuqurlashtirishni eng muhim vazifalardan deb hisoblaymiz”, — dedi Sergey Lavrov.

Yana bir muhim yo‘nalish jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini qonuniylashtirish bilan shug‘ullanuvchi narkotuzilmalar faoliyatiga barham berishda amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

“Bu narkodaromadlar hisobidan terrorizmni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlar manzarasida yanada dolzarblashadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Sergey Lavrov “yengil narkotiklar” deb ataluvchi vositalarni qonuniylashtirayotgan mamlakatlar soni ortib borayotgani sabab xalqaro antinarkotik konvensiyani tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют