» » O‘zbekistonda olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekistonda olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlandi


Avval xabar berganimizdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlandi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat beriladi.

Endilikda:

Xalqaro olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari eng kam oylik ish haqining quyidagi miqdorlarida:

1-o‘rin uchun 500, o‘qituvchisiga 450 baravari;

2-o‘rin uchun 300, o‘qituvchisiga 250 baravari;

3-o‘rin uchun 200, o‘qituvchisiga 150 baravari.

Asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari:

1-o‘rin uchun 50 baravari;

2-o‘rin uchun 35 baravari;

3-o‘rin uchun 30 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga direktor jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiada g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga esa har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют