» » Abdulaziz Kamilov YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mixael Georg Linkni qabul qildi

Abdulaziz Kamilov YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mixael Georg Linkni qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Mixael Georg Linkni qabul qildi. Вu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mixael Georg Link YXHT DIIHBning mamlakatga tashrif buyurgan delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va byuro o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, o‘tgan yili navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovini monitoring qilishda tarkibida uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilari bo‘lgan DIIHBning to‘liq delegatsiyasi ishtirok etdi. Missiya uchun sharoitlar yaratilib, saylov jarayonini kuzatish uchun ularga barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va saylov uchastkalarida bo‘lish imkoni yaratildi.

O‘zbekiston saylov tizimini mustahkamlash va mukammallashtirish masalalarida hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishdan tomonlar manfaatdor ekanligini tasdiqlandi.

Uchrashuvda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon S. MakGregor ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют