» » Bundesliga. “Borussiya D” durang o‘ynab, chempionlikni deyarli boy berdi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” durang o‘ynab, chempionlikni deyarli boy berdi (video)


4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 32-turida musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” jamoasi “Verder” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda dortmundliklar a’zolari Kristian Pulishich (6) va Pako Alkaser (41) urgan gollarga “Verder” yarim himoyachi Kevin Mevald (70) hamda hujumchi Klaudio Pisarroning (75) gollari bilan javob qaytardi (2:2). Shu tariqa Dortmund klubi mehmonda “Verder” bilan durang natija qayd etdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Borussiya Dortmund” 70 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turidi. Ayni damda musobaqa yetakchisi bo‘lgan “Bavariya”dan 4 ochko orqada bormoqda.

Bundesliga

32-tur bahsi

4-may, shanba

Gollar: 0:1 — 6 Pulishich, 0:2 — 41 Pako Alkaser, 1:2 — 70 Mevald, 2:2 — 75 Pisarro

“Verder”: Pavlenka, Fridl, Velkovich, Langkamp, Augustinsson, Shaxin (Mevald, 60), Eggeshtayn, Klassen, Rashitsa, Kruze, Osako (Pisarro, 60)

“Borussiya D”: Byurki, Diallo (Filipp, 90), Akanji, Gerreyru, Vaygl, Sancho, Pulishich, Dileyni (Daud, 83), Gyotse (Bruun Larsen, 83), Vitsel, Pako Alkaser

Ogohlantirishlar: Klassen (33), Fridl (39), Vaygl (80)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют