» » Facebookda ozbekistonliklar qaysi idoralarga koproq ishonishi yuzasidan sorovnoma otkazildi. Ozga sayyoraliklarga varianti aksariyat idoralardan kora koproq ovoz topladi

Facebookda ozbekistonliklar qaysi idoralarga koproq ishonishi yuzasidan sorovnoma otkazildi. Ozga sayyoraliklarga varianti aksariyat idoralardan kora koproq ovoz topladi


30-aprel kuni Facebookdagi Xalq bilan muloqot guruhida ishtirokchilarning davlat idoralariga munosabatini bilish maqsadida sorovnoma tashkil etildi.

Qaysi idoraga koproq ishonasiz, murojaatingiz hal bolishiga kozingiz yetadi? degan savol ortaga tashlanib, javob variantlari sifatida 60 dan ortiq davlat idoralarining nomlari berildi. Ular orasida vazirliklar, agentliklar va boshqa turdagi davlat idoralarining nomini korish mumkin.

Sorovnomadan foydalanuvchilarning kopchiligi hech qaysi davlat tashkilotiga yetarli darajada ishonch bildirmasligi malum boldi: Hech qaysiga degan javobga 1 200 dan ortiq ishtirokchi ovoz berdi (ovozlar soni 4-may holatiga kora keltiriladi).

Keyingi orinlarni Prezident administratsiyasi (291 ovoz) va Adliya vazirligi (136 ovoz) egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Bosh prokuratura (66 ovoz) hamda Davlat xizmatlari agentligi (47 ovoz) kirdi. Ularga yaqin natijani shahar hokimiyati korsatdi 42 ovoz. Qolgan tashkilotlar 15 tadan ortiq ovoz toplay olmadi.

Bazi foydalanuvchilar sorovnomaga boshqa variantlarni ham qosha boshladi. Jumladan, bir muddat sorovnomada Ozga sayyoraliklarga degan variant paydo boldi va qisqa muddatda 20 ga yaqin ovoz topladi. Shu tariqa, bu variant aksariyat idoralardan otib keta oldi.

Shuningdek, hazilkashlar Zevsga va Musaffo osmonga degan variantlarni ham qoshib qoydi. Ammo sorovnoma masxaraomuz tus olayotganini payqab qolgan guruh mamurlari yuqoridagi hazil sorovnoma bandlarni olib tashladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -