» » Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga Sergeli tumanidagi 304-maktabni qayta qurishni taklif qildi

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga Sergeli tumanidagi 304-maktabni qayta qurishni taklif qildi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va uning o‘rinbosarlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi investor kunida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Uchrashuvda 400 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi, ulardan yuz nafari o‘z loyihalarini taqdim etdi va o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qildi. Xususan, mavzulardan biri poytaxtda xususiy maktablar va bolalar bog‘chalari qurilishi bo‘ldi.

Hokimlik vakillari investorlarga Sergeli tumanida joylashgan 304-umumta’lim maktabining tugallanmagan binosiga e’tibor berishni maslahat berdi. Shahar ma’muriyati matbuot xizmati xabar berishicha, maktab qurilishi davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi mumkin va hokimlik ushbu loyihani ko‘rib chiqishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют