» » Kanadada 20 kishidan iborat guruh Lotto Max lotereyasida 37 mln dollar yutib oldi

Kanadada 20 kishidan iborat guruh Lotto Max lotereyasida 37 mln dollar yutib oldi


20 kishidan iborat bo‘lgan guruh Kanadaning Lotto Max lotereyasida 50 million Kanada dollari (37,1 million AQSh dollari) miqdorida pul mukofotini yutib oldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, omadli chipta Monreal Brossar (Kvebek provinsiyasi) munisipalitetida sotib olingan. Chiptani 20 kishi olgan. Bu degani ularning har biriga 2,5 million Kanada dollaridan (1,86 million AQSh dollari) beriladi.

Lotto Max lotereyasida guruh bo‘lib ham qatnashish mumkin. Bu haqda Ontario Lottery and Gaming Corporation (OLG) kompaniyasi o‘z saytida ma’lum qilgan. Lotereyada qatnashish uchun jamoa kapitanini tanlashi kerak. Kapitan keyin guruhni shakllantirib, ro‘yxatdan o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют