» » Burak O‘zchivit “Ertug‘rul: Tirilish” dagi Usmon G‘oziy roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Burak O‘zchivit “Ertug‘rul: Tirilish” dagi Usmon G‘oziy roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Dunyoning 65 mamlakatlarida efirga uzatiladigan “Ertug‘rul: Tirilish” filmi kuzda yangi konsepsiya bilan efirga qaytadi, deb xabar berdi “Haberturk.com”.

Filmda Usmon G‘oziy davri boshlanadi, ushbu obrazni taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit ijro etadi. Aktyor allaqachon tarixiy obrazga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan: u haftasiga 6 kun, besh soat davomida maxsus murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda.

Burak otga erkin sakrashni, jangovar qurollar, qilichlar bilan jang qilishni o‘rganadi. Kichkina poligonda mashg‘ulot vaqtida aktyorning kutilmagan jarohati uchun favqulodda yordam xizmati ham ishlamoqda.

Rivada “Usmon G‘oziy” filmini suratga olish uchun yangi katta plato barpo etilmoqda, barcha sahna va aktyorlarning kostyumlari yangilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют