» » “Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Farg‘onadagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mahallaga yangi simyog‘ochlar o‘rnatildi

“Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Farg‘onadagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mahallaga yangi simyog‘ochlar o‘rnatildi


3-may kuni “Daryo” internet-nashrida “Farg‘onadagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan mahalla aholisi nega qo‘lbola simyog‘ochlardan foydalanmoqda?” nomli tanqidiy maqola e’lon qilingan edi. Unda Farg‘ona viloyati Rishton tumani Xurramobod qishlog‘i “Navro‘z” mahallasi aholisi ayni paytda xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qo‘lbola simyog‘ochlar va oddiy simlar yordamida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani, shuningdek, ichimlik suvi hamda ichki yo‘llarning holati bilan bog‘liq muammolar mutasaddilar e’tiboriga havola etilgandi.

Maqolada ko‘tarilgan muammoga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tezkorlik bilan munosabat bildirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 3-may kuni hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan “Xurramobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi simyog‘ochlar va nimstansiyalarning joriy holati o‘rganib chiqilgan. MFY hududiga 29-sonli quvvati 160 kVa bo‘lgan yangi transformator punkti o‘rnatildi.

8 km uzunlikdagi past va yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortildi. Elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida “Kalobod” mahallasidagi 32-sonli 100 kVa quvvatli transformator punkti boshqa joyga ko‘chirildi. Yangi tortilgan havo uzatmasidan bo‘shagan 25 dona simyog‘och “Navro‘z” mahallasi hududiga o‘rnatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Xurramobod” MFY hududidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq barcha muammolar mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan hal etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют