» » Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi

Superliga. 4 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon” “Dinamo” bilan durang o‘ynadi


5-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida “Andijon” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq samarqandliklar himoyachisi Shoxruh Abdurahmonov raqib darvozasiga gol urdi (1:0). Oradan 10 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Abror Husinov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 45+2-daqiqada yarim himoyachi Shahzod Ubaydullayev andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda “Dinamo” himoyachisi Mirkomil Lokayev hisobni tenglashtirdi (2:2).

Shu tariqa “Andijon” o‘z maydonida “Dinamo” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng Andijon klubi 7 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 10-o‘rindan joy egallab turibdi, “Dinamo” esa 9 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Superliga

7-tur bahslari

5-may, yakshanba

Gollar: 0:1 — 6 Shoxruh Abdurahmonov, 1:1 — 16 Abror Husinov, 2:1 —45+2 Shahzod Ubaydullayev, 2:2 — 87 Mirkomil Lokayev

“Andijon”: Ruslan Matniyozov, Boburjon Omonov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmurodov, Shahzod Ubaydullayev (Sardor Sulaymonov, 62), Abdulloh Olimov (Xushnudbek Avilov, 68), Dilshod Rahmatullayev (Asror G‘ofurov, 10), Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov, Abror Husinov, Boburjon Akbarov

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmatov (Vohid Shodiyev, 64), Bobur Qosimov, Otabek Narzullayev (Nizomjon Norov, 54), Siroj Hamroyev, Sardor Eminov (Sanjar Baratov, 74), Jasur O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Shoxruh Abdurahmonov

Ogohlantirishlar: Ro‘zimboy Ahmedov (38), Qadamboy Nurmatov (52)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют