» » Vaqf fondi Samarqandda 4 ta masjid qurmoqda

Vaqf fondi Samarqandda 4 ta masjid qurmoqda


Vaqf fondi rahbari Iskandar Xalilov Samarqand viloyatida fond mablaglari hisobiga qurilayotgan masjidlardagi jarayonlar bilan tanishish maqsadida Urgut, Tayloq va Nurobod tumanlarida boldi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki manzil Tayloq tumanidagi Yastepa jome masjidi boldi. Ushbu masjidning eski binosi avariya holatida bolganligi sabab ibodat qilish qiyin ahvolga kelib qolgan edi. Masjid imom-xatibi hamda qishloq fuqarolarining murojaatiga kora Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan yangi bino bunyod etilib, ayni paytda bezash ishlari amalga oshirilmoqda.

Keyingi manzillar Urgut tumanidagi Mulla Ishoq va Uzun jome masjidlari bolib, bu ikki masjid ham anchayin eski va kichikligi sabab qishloq ahli tomonidan Vaqf fondiga yordam sorab murojaat qilingan. Arizalari inobatga olinib fond tomonidan qisqa vaqt ichida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi masjid qad rostladi. Uzun jome masjidining esa tom qismi va bezak ishlari fond mablaglari hisobiga bitkazildi.

Samarqand viloyatidagi songgi manzil Nurobod tumani Sarikol qishlogida bunyod etilayotgan Sarikol jome masjidi boldi. Ushbu masjidning ahamiyatli tomoni ToshkentBuxoro magistral yoli yoqasida joylashganidir.

Bu yoldan har kuni minglab sayyohlar va fuqarolar otishadi, eski masjidimiz korimsiz holatga kelib qolgan edi, tahoratxona esa ayanchi ahvolda edi, deydi masjid imom-xatibi.

Ayni damda bunyod etilayotgan masjid binosi korkam, hashamatli bolib, qulay tahoratxonaga ega. Yol yuzida joylashganligi sabab sayyohlar va yolovchilarga qulaylik yaratish maqsadida muslima ayollar uchun ham alohida xonaqoh va masjid qad rostlamoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 21:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -