» » Moskvada shifokorlar aviafalokat oqibatida jabrlanganlar hayotini saqlab qolishga urinmoqda

Moskvada shifokorlar aviafalokat oqibatida jabrlanganlar hayotini saqlab qolishga urinmoqda


“Sheremetyevo” aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetgani aytilmoqda. Shu munosabat bilan Murmansk viloyatida uch kunlik motam e’lon qilingan, deb xabar beradi “Vesti.ru”.

SSJ-100 layneri favqulodda qo‘nishni amalga oshirish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagiga tumshug‘i bilan urilgan va yonib ketgan. Samolyot ichida bo‘lgan 78 nafar insonning yarmidan ko‘pi halok bo‘lgan.

“Samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 nafari omon qoldi”, — deydi tergov qo‘mitasi vakili.

Halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar o‘zgarib turibdi. Qutqaruvchilar yong‘in sabab havo kemasining dum qismida joylashgan yo‘lovchilarni qutqarishga qiynalgan.

Barcha jarohat olganlar eng yaqin shifoxonalarga joylashtirilgan. Aksariyat yo‘lovchilar gazdan zaharlanish va kuyish jarohatini olgan. Shifoxonadagi 6 nafar yo‘lovchidan uch nafarining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Ayni vaqtda mutaxassislar halokat sababini aniqlashga urinmoqda. “Rostransnadzor” hamda prokuratura tekshiruvlarni boshlab yuborgan. Samolyot noqulay ob-havo sharoiti sabab ikkinchi urinishdagina aeroportga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘nish vaqtida uning tirkamalari singan, dvigateli yonib ketgan. “Moskva—Murmansk” yo‘nalishida qatnaydigan ushbu reys havoda 28 daqiqa parvoz qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mudxish hodisa sabab “Aeroflot” parvozlari jadvaliga o‘zgartirish kiritlgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют