» » OAV: Isroil va Falastin o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

OAV: Isroil va Falastin o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi


Isroil va Falastin o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Ikki davlat Misr yordamida o‘zaro kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Reuters.

“O‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv dushanba kuni soat 04:30 dan kuchga kiradi”, — deyiladi xabarda.

Isroilning G‘azo sektoriga zarbalari oqibatida oxirgi ikki kun davomida 18 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Avvalroq, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat armiyasiga “G‘azo sektoridan amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlariga qarshi hujumlarni davom ettirish” bo‘yicha buyruq bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют