» » Oq uy matbuot kotibining galstugi memlar uchun ekranga aylantirildi

Oq uy matbuot kotibining galstugi memlar uchun ekranga aylantirildi


BuzzFeed sayti jurnalisti Jessi Maklaren Twitter’ga Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserning brifingdagi nutqidan parcha joylab, unda matbuot kotibi galstugidan “zangori ekran” sifatida foydalanib turli videoroliklar joylashtirdi. Bunga Elite Daily nashri e’tibor qaratdi.

Brifing 16-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan. Nashr qayd etishicha, baribir ertami-kech kimdir Spayserning yashil galstuk taqishidan foydalangan bo‘lardi. Matbuot kotibi nutq so‘zlayotgan payt unda birin-ketin televizorning oq shovqini, yadroviy portlash, suzayotgan delfinlar, “Shu’la” filmidagi Jek ismli qahramon yuvinish xonasi eshigini sindirayotgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.

Yakunda esa galstukda Spayserning o‘zi paydo bo‘ldi.

Bir sutka ichida ushbu videorolik 34 ming retvit hamda 58 mingdan ortiq layk yig‘di.

Yanvar oyi oxirida tarmoqda Spayser brifingga AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Milliy xavfsizlik kengashining mavjud tuzilishiga o‘zgartirish kiritish qaroriga nisbatan bildirilgan tvitlarni qog‘ozga chiqarib kelgani uchun kulgiga qolgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 17:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют