» » Andijonda Damas va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi

Andijonda Damas va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi


Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Jalaquduq tumanida 5-may kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini “Madaniyat” mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A boshqaruvidagi NOWO rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek qolgan yo‘lovchilari, haydovchining kelini 32 yoshli M.T va uning 2 yoshli qizi S.Xlar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют