» » 15—17-may kunlari O‘zbekistonda Xalqaro energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tadi (foto)

15—17-may kunlari O‘zbekistonda Xalqaro energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tadi (foto)


15—17-may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston Neft va gazi– OGU 2019” 23- Xalqaro ko‘rgazmasi, “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, energiyaning muqobil manbalari – Power Uzbekistan 2019” 14- Xalqaro ko‘rgazmasi va Xalqaro O‘zbekiston energetika konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika majmuasi sohasida o‘ziga xorij tajribasi va investitsiyalarni jalb qilgan holda yirik loyihalarni amalga oshirishni qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Mo‘ljallangan islohotlarni samarali ro‘yobga chiqarish va mamlakatning yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini jadal innovatsion rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etildi, u o‘tkazilayotgan tadbirlarni tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi va O‘zbekiston energetika xalqaro konferensiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Uch kun mobaynida, 15 — 17-may kunlari, O‘zbekiston poytaxti respublika iqtisodiyotining energetika tarmog‘i duch kelayotgan masalalarni, neftgaz sohasi, gaz kimyosi, neft kimyosi, atom energetikasi, elektr energetikasini rivojlantirish, energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishning dolzarb muammolarini muhokama qilish markaziga aylanadi.

Ko‘rgazmalar va konferensiyalar ishida 31 mamlakatning 300 dan ortiq kompaniyalari va 1000 nafar delegatlar ishtirok etadi, shu jumladan: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Vyetnam, Germaniya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Kanada, XXR, Koreya Respublikasi, Litva, Monako, Norvegiya, BAA, Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Shveysariya va Yaponiya.

O‘tkaziladigan tadbir doirasida Energetika vazirligi, AJ “O‘zbekneftegaz”, “O‘zAtom” Agentligining kompaniyalari va bo‘linmalarining rahbar xodimlarini xorijiy delegatsiyalar va kompaniyalar rahbarlari bilan B2G va B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan. Bunday ko‘rinishdagi uchrashuvlar forum vaqtida ishtirokchilar ishining samarasini sezilarli darajada oshiradi va mavjud aloqalarni yanada rivojlanishiga, hamda neftgaz tarmog‘iga investitsiyalarni jalb qilishga ko‘mak beradi.

An’anaga ko‘ra barcha ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni OGU Daily News gazetasining maxsus soni kutadi, uning kontenti mamlakatning yoqilg‘i- energetika majmuasining asosiy voqealari doirasida o‘tadigan anjumanlar va tadbirlarni to‘liq yoritilishi bilan noyob hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют