» » Prezident Fargona shahridagi Temurbeklar maktabini borib kordi

Prezident Fargona shahridagi Temurbeklar maktabini borib kordi


Prezident Fargona shahridagi Temurbeklar maktabini borib kordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakat Qurolli Kuchlarini mustahkamlash jarayonida yoshlar ortasida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiylarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida etibor qaratilmoqda. Bugun armiya va harbiy talim muassasalari ozlikni anglash, milliy gurur, mustahkam iroda maktabiga aylandi. Yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul qilishdan avval Ozbekiston tarixi fani va Temur tuzuklari kitobi boyicha sinov otkazish yolga qoyildi.

Prezidentning 2017-yili qabul qilingan Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Ozbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qollab-quvvatlash togrisidagi farmonida bu borada yana bir muhim band belgilandi. Buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning mardligi va vatanparvarligi, jasorati va adolatparvarligini yoshlarga ornak qilish maqsadida mamlakatdagi barcha harbiy litseylarga Temurbeklar maktabi deb nom berildi.

Chunki har bir yigit-qiz, ayniqsa, harbiylik kasbini tanlagan yoshlar Vatan tarixini, xalq qahramonlari, buyuk sarkarda va qomondonlar hayoti va jasoratini chuqur bilishi, ular bilan faxrlanishi kerak. Bu insonda milliy gururni, vatanparvarlik, fidoyilik hissini tarbiyalaydi.

Fargonadagi Temurbeklar maktabida talim-tarbiya ishlari shu asosda yolga qoyilgan. Ayni paytda bu yerda 437 oquvchi tahsil olmoqda. Ularga 31 nafar pedagog xodim va 22 nafar harbiy saboq bermoqda.

Maktab yoshlarni Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlari va boshqa oquv muassasalariga aniq fanlarga chuqurlashtirilgan holda tayyorlashga ixtisoslashgan. Shinam fan sinflari, kompyuter xonalari, kasbiy va tarixiy adabiyotlarga boy kutubxonada buning uchun barcha sharoit yaratilgan.

Oquvchilar darsdan bosh vaqtini foydali otkazishi uchun turli fan va sport togaraklari faoliyati yolga qoyilgan.

Davlat rahbari hozirda harbiy litseylarning nomi ozgargani, endi uning mazmun-mohiyati, talim sifati ham Temur bobomizga munosib bolishi zarurligini takidladi.

Temurbeklar maktabi yoshlar ham, ota-onalar ham havas qiladigan maskan bolishi kerak. Buning uchun ularning mavqei, saviyasi, bilim berish darajasi yuqori bolishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Temurbeklar maktabini rivojlantirish boyicha yangi tizimni belgilab berdi. Unga kora, bu maktablarga yoshlar cheklangan miqdorda tanlab olinadi, oquvchilar zamonaviy axborot texnologiyalari va kamida ikkita xorijiy tilni puxta organadi, jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanib, har tomonlama barkamol, yoshlar orasida yetakchi bolib shakllanadi. Ushbu maktablar bitiruvchilari oliy talim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Davlatimiz rahbari Temurbeklar maktabida yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi, oquvchilar bilan suhbatlashdi.

Shu yerda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan muloqot bolib otdi. Prezident ularni yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi. Nuroniylar yurtga tinchlik-farovonlik tilab duolar qildi.

Temurbeklar maktabiga avtobus sovga qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 18:14)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
:
-
:
20 ... -