» » AQSh lazer yordamida havodagi raketalarni urib tushirishni o‘rgandi

AQSh lazer yordamida havodagi raketalarni urib tushirishni o‘rgandi


AQSh harbiy havo kuchlari lazer quroli prototipini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”

Sinov 23-aprelda Nyu-Meksiko shtatidagi “Oq qumlar” poligonida bo‘lib o‘tgan. Qurilma havoda bir nechta raketani urib tushirgan.

Lazer qurolini ishlab chiqarish bilan Lockheed Martin kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Ta’kidlanishicha, bu lazer majmuadan AQSh Harbiy havo kuchlarining qiruvchi va boshqa samolyotlarining xavfsizligini ta’minlashda, “havo—havo” va “yer—havo” raketalarni to‘xtatishda foydalaniladi.

Harbiylar mazkur tizimni 2020-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют