» » O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar”ning so‘z erkinligi bo‘yicha reytingida yuqoriladi

O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar”ning so‘z erkinligi bo‘yicha reytingida yuqoriladi


O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkilotining so‘z erkinligi reytingida 53,52 ball ko‘rsatkichi bilan 160-o‘ringa egalladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ikki yil oldin reytingda 169-o‘rinda, o‘tgan yili esa 165-o‘rinda qayd qilingan.

Tojikiston reytingda o‘tgan yili 149-o‘rinda edi, bu yil esa 161-o‘rinda. Rossiya ham o‘tgan yilgiga nisbatan bitta pog‘ona yo‘qotgan — 149-pog‘ona. Qirg‘iziston esa reytingini 15 pog‘onaga yaxshilagan — 83-o‘rin.

“Hisobotda o‘zbek jurnalistlari so‘nggi ikki yilda majburiy mehnat va korrupsiya kabi dolzarb mavzularda yoza boshlagani, biroq media sohasida hali ichki senzura kuchli ekani ta’kidlangan. Bu — mamlakatda so‘z erkinligini ta’minlash, jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinadigan ishlar hali ko‘p degani. Ommaviy axborot vositalarini himoya qilsak, dalda bersakkina o‘tkir mavzular qalamga olinadi. Mazkur hisobot o‘zimizga tutilgan oyna — so‘z erkinligi bo‘lmagan yurtda rivojlanish va taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Bugungi siyosat, bugungi islohotlar esa ana shu so‘z va matbuot erkinligiga chambarchas bog‘liq“, deya gapirib o‘tgan Allamjonov mazkur reyting haqida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют