» » Huawei Gartner kompaniyasining Peer Insights reytingidagi “mijozlar tanlovi” kategoriyasida yetakchi deb tan olindi

Huawei Gartner kompaniyasining Peer Insights reytingidagi “mijozlar tanlovi” kategoriyasida yetakchi deb tan olindi


2019-yilning aprel oyida Gartner kompaniyasi Huawei yaratgan CloudEngine kommutatorlarini Peer Insights reytingidagi data-markaz tarmoqlari yo‘nalishida “mijozlar tanlovi” kategoriyasi bo‘yicha yetakchi deb tan oldi. Gartner Peer Insights Customers‘ Choice servisi 300 ta bozorda 200 000 dan ziyod fikrlarni tahlil qilib, ularni Gartner Peer Insights kategoriyasida nashr etadi. Servis korporativ mijozlar bildirgan fikrlar asosida sohadagi yetakchilarni aniqlaydi. Baholovchi fikrlar kerakli yechimlarni xarid qilish, amalga tatbiq etish va foydalanish tajribalariga asoslanadi.

2012-yilda ishga tushirilgan CloudFabric texnologiyasi ayni paytgacha 120 ta mamlakatdagi 7800 ta korporativ data-markazlarda yo‘lga qo‘yilgan.  Huawei yechimlari ham korporativ mijozlar, ham Gartner tahlilchilari tomonidan e’tirof etilgan:  2018-yilda Huawei data-markazlar sohasidagi sirli kvadrantga tegishli “Challenger” kategoriyasida ikkinchi yil qatorasiga nominantga aylandi.

2019-yilning 9-yanvarida esa Huawei kompaniyasi CloudEngine 16800 — sun’iy intellekt davriga mo‘ljallangan sohadagi birinchi  data-markaz kommutatorini taqdim qildi.  Kompaniya sun’iy intellekt bilan quvvatlangan bunday turdagi kommutatorlar uchun uchta asosiy parametrlarni belgilagan bo‘lib, bular: sozlangan AI mikrosxemalari, bitta slotda yuqori zichlikdagi 48 ta 400GE porti va tarmoqni avtonom boshqarish tarmog‘iga (ADN) o‘tish imkoniyatidir.

Huawei yuqori mahsuldorlikka ega AI-chip va innovatsion iLossless algoritmidan samarali foydalanadigan CloudEngine kommutatorlari asosidagi AI Fabric ma’lumotlarini yo‘qotmagan holda intellektual data-markazlar tarmog‘ini ishga tushirdi.

AI Fabric Huawei tarmoqda ma’lumotlarni to‘liq saqlagan holda, past kechikish va yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan maksimal samaradorlikni ta’minlaydi. Mazkur yechim 100%lik sun’iy intellektga taalluqli hisoblash quvvatiga ega bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash jarayonida (IOPS) kirish-chiqish operatsiyasini 30%ga yaxshilaydi va bu orqali umumiy egalik qiymatini 53%ga qisqartiradi. Bu texnologiya data-markaz tarmoqlarining bulutli yechimlardan sun’iy intellekt davriga o‘tkazilishini ta’minlaydi.

“Ushbu yechimni amalda ishlatayotgan mijozlarning tajribasi uning qanchalik qiymatga egaligini aniqlashga yordam beradi. Gartner Peer Insights reytingidagi yuqori pozitsiya iste’molchilarga tegishli AKT-infratiuzilmasini takomillashtirish uchun ularni jahon darajasidagi uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan bizning harakatimizni ifodalaydi”, — deydi Leon Vang, Huawei Data Center Network Domain prezidenti.

“Biz o‘z mijozlarimizga ularning talabalariga to‘liq javob bera oladigan data-markazlarga doir tarmoq yechimlarini taqdim etishga va ular bergan fikrlar asosida yangi takliflarni joriy qilishga intilmoqdamiz”.

CloudFabric haqida batafsil.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют