» » Qamchiq dovonidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida “Sharaf lentalari” tarqatildi (foto)

Qamchiq dovonidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida “Sharaf lentalari” tarqatildi (foto)


Qamchiq dovonining Namangan viloyatining Pop tumanidan o‘tuvchi qismida joylashgan yo‘l-patrul xizmati maskanida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat IIB YHXB va Qamchiq dovonidagi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qism tomonidan tashkillangan tadbir davomida yo‘lovchilar va haydovchilarga “Sharaf lentalari” tarqatildi. Ikkinchi jahon urushi davriga oid va zamonaviy qurol-aslahalar namoyish etildi.

Askar va zobitlar qo‘l jangi elementlarini namoyish etdi. Harbiy orkestr esa urush davriga mansub kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi.

Blindajlarda suronli yillarni yodga soluvchi dala oshxonasi tashkil etildi.

Tadbir nafaqat mahalliy aholi, balki dovondan o‘tayotgan chet ellik sayyohlarga ham manzur bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют