» » 14 yoshli o‘smir Arkanzasdagi “Olmos krater” bog‘idan 7,44 qirotli olmos topib oldi

14 yoshli o‘smir Arkanzasdagi “Olmos krater” bog‘idan 7,44 qirotli olmos topib oldi


14 yoshli Kalel Lengford Arkanzasdagi (AQSh) “Olmos krater” bog‘idan 7,44 qirotli olmos topib oldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Kalelning olmosi bog‘da 1972-yildan beri topilgan kattaligi bo‘yicha yettinchi, 2015-yildan beri esa birinchi qimmatbaho tosh bo‘ldi.

Yigitcha qidirishni boshlaganidan atigi yarim soat o‘tib olmosni aniqlashga muvaffaq bo‘lgani bildirilmoqda. Olmosga “Supermen” deya nom berildi.

Ma’lumot uchun, bog‘da ilk bor olmos topilgan 1906-yildan beri hududda 75 mingta qimmatbaho tosh aniqlangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют