» » Ibrohim Abdurahmonov: O‘zbek tilini o‘rganishdan insonlarda g‘urur paydo qilish zarur

Ibrohim Abdurahmonov: O‘zbek tilini o‘rganishdan insonlarda g‘urur paydo qilish zarur


O‘zbek xalqining tarixi qadim-qadimlarga taqalar ekan, o‘zbek tiliga ham qadimiy til namunasi sifatida qarash, uni asrab-avaylash lozim. O‘zbek tilini o‘rganishdan insonlarda g‘urur paydo qilish zarur. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi Ibrohim Abdurahmonov fikr yuritgan.

Zamonaviy bilimlarga ega bir kishi, olim sifatida xalqimiz tarixi sirlariga nazar tashlarkanmiz, yurtimiz aholisining genlarini tadqiq qilinganda ularning irsiyati o‘nlab ming yil nariga borib taqalganini ko‘rdik. Bu hali to‘liq tarix emas — genlarni “o‘qish” jarayonida fan tilida mutatsiya deyiladigan hodisaga asoslanib genetik tarixga bir nazar solsa bo‘ladi.

Soddaroq qilib aytsa, odamzod paydo bo‘libdiki, genlarni ajdodlardan avlodlarga berilishida muhrlangan o‘zgarishlarni ko‘ra olasiz. Bu esa O‘zbekiston xalqlarining genetik tarixi o‘rtacha ellik ming yildan ziyod ekanini ko‘rsatib turibdi. Demak, biz Yevropa xalqlaridan 16 ming yil qadimiyroqmiz.

Tadqiqotlarda Markaziy Osiyo chindan ham dunyo taraqqiyoti yo‘lidagi oltin beshik ekani o‘z isbotini topgan. Aqlli odam deyilgan Homo Sapiens Afrikada paydo bo‘lgani ilmiy haqiqat hisoblansa, ilk kishilar yashash uchun qulay, barakali tuproqlarni izlab yo‘lga chiqishgan. U mahalda kishilarning dengizni suzib o‘tishlari mumkin emas edi. Arabiston yarim oroli orqali tog‘lardan oshib, bizning o‘lkalarga kelib o‘rnashishgan, bir qismi Oltoy tomon ketishgan. O‘sha yo‘nalish bo‘yicha muzliklar diyoridan o‘tib, Amerika qit’asigacha yetib borishgan.

Bu antropologiya fanidagi uch asosiy farazning biri deyilsa-da, ilmiy isbotlari qoniqarli deb hisoblanmas edi. Genomika markazining izlanishlari mobaynida mana shu tarzda Markaziy Osiyo insoniyat taraqqiyoti yo‘lidagi oltin shohbekat bo‘lib xizmat qilgani o‘z isbotini topdi. Bu haqiqatan ham, juda qadimgi tarix.

Shuningdek, tadqiqotlarimiz natijasida xalqimiz sivilizatsiyadagi mavjud barcha genlar xilma-xilligiga ega ekanligi va ular orasida inson sivilizatsiyasidagi eng qadimiy genotiplar mavjudligi ko‘rsatib berildi. Bu xalqimizning o‘ta qadimiy genetik tarixiga urg‘u berishi bilan birga, “tirik tarixiy muzey” ekanidan ham dalolat beradi.

Xulosalarimizning asosi shuki, bizning yurtimiz nafaqat siyosiy, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega, balki o‘ta qadimiy va xilma-xil bo‘lgan insonlari bilan xalqaro miqyosda juda katta biologik boylikni o‘zida mujassam etgan. Biz bu boylikni anglashimiz, qadrlashimiz, asrab-avaylashimiz hamda undan g‘ururlanishimiz kerak.

Tilimiz esa kommunikatsiya vositasi bo‘lish bilan bir qatorda shuurimizning aksidir, u xalqning fe’l-atvori, xulqini ham boshqaradi, o‘zligini namoyon etishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, o‘zga tilni emas, o‘z tilimizning mavqeini ko‘tarish zarurligi ayni zamon talabi va xalq istagi bo‘lib qolganini bugungi voqealar isbot qilib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют