» » Shavkat Mirziyoyev: “Temurbeklar maktabi”ning barcha bitiruvchilari o‘zi xohlagan oliygohda grant asosida o‘qiydi (video)

Shavkat Mirziyoyev: “Temurbeklar maktabi”ning barcha bitiruvchilari o‘zi xohlagan oliygohda grant asosida o‘qiydi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”da bo‘ldi. “O‘zbekiston 24” telekanali maktabga tashrifdan lavhalarni efirda namoyish etdi.

Prezident maktab o‘quvchilari bilan suhbat davomida ulardan bir daqiqa ham vaqtni bekor o‘tkazmaslikni iltimos qildi. Ayni vaqtda, maktab bitiruvchilarining bari davlat granti asosida o‘zi xohlagan yo‘nalishda oliy ta’lim muassasasida tahsil olishi mumkinligini ma’lum qildi.

Nima uchun “Temurbeklar maktabi” deb nomladik? Yurish-turishingiz, bilimingiz shunday bo‘lishi kerakki, o‘zbek millatida buyuk ota-bobolarining qoni borligini sizlarga qarab bilishsin; 10 ta bola turganida, yettinchisi o‘zbek ekanligini sezdirishingiz kerak. Nima bilan sezdirasiz? Sog‘lomligingiz, bilimingiz, xorijiy tillarni bilishingiz bilan.

“Temurbeklar maktabi”ni tugatishingiz bilan davlat granti asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirasiz. Xohlaganingiz mudofaaga, xohlaganingiz tibbiyotga, xohlaganingiz pedagogikaga. Birortangiz ham chetda qolmaysiz. Kelajakda boshqa yo‘nalishdagi oliygohda o‘qisangiz ham, “Bu yigit “Temurbeklar maktabi”dan chiqqan”, deb aytishlari kerak. Ota-onalar: “Farzandimni “Temurbeklar maktabi”da o‘qitishim kerak”, degan orzu-havas bilan yashashi kerak.

Bitta iltimosim bor — bir daqiqa ham vaqtingizni bekor o‘tkazmang. Yo hozir, yo hech qachon! Bugun bilim olmasangiz, ertaga kech bo‘ladi. Eh, attang, deb qolasiz. Negaki, sizlar hamma sohada boshqalarga nisbatan — yana takror va takror aytaman — boshqacha bo‘lishingiz kerak. O‘rnak bo‘lishingiz kerak. Bekorga buyuk sarkarda bobomizning nomini berganimiz yo‘q. Bunga munosib bo‘lishingiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 01:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют