» » “Vaqf” fondi Qashqadaryoda ehtiyojmandlarga 40 mln so‘mlik ko‘mak ko‘rsatdi

“Vaqf” fondi Qashqadaryoda ehtiyojmandlarga 40 mln so‘mlik ko‘mak ko‘rsatdi


“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi ehtiyojmandlarga ko‘mak ko‘rsatdi. Ushbu xayriya tadbiri Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Xo‘jai Jarroh ziyoratgohida o‘tkazildi, bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati xabar qiladi.

Tadbirda 33 nafar ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, kasallikka duchor bo‘lgan insonlarga jami 33 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 4 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ham ulashilgan. Moddiy yordam ko‘rsatilgan insonlar orasida saratonga chalingan insonlar ham bo‘lib, ular yaxshi insonlar e’tiborida ekanliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Tadbir so‘ngida fond rahbariga yig‘ilganlar orasidan bir onahon kelib murojaat qildi. Unga ko‘ra 5 yoshli o‘g‘li oltinchi bor buyragidan operatsiya bo‘lishi kerak ekan. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj onaga fond tomonidan 4 million so‘m miqdorida moddiy ko‘mak ko‘rsatilishi ta’kidlanib, o‘g‘li uchun “Malham” aksiyasi doirasida yordam berilishi aytib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют