» » Shavkat Mirziyoyev: Fargona viloyati investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha bir yil favqulodda holatda ishlaydi

Shavkat Mirziyoyev: Fargona viloyati investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha bir yil favqulodda holatda ishlaydi


Fargona shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar ishtirokida yigilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Shavkat Mirziyoyev sozining avvalida yigilganlarni Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

2018-yili Fargona viloyatida sanoat 8 foiz, xizmat korsatish 9 foiz, ozlashtirilgan investitsiyalar 1,5 barobar osgani qayd etildi. Lekin aholi jon boshiga togri keladigan yalpi hududiy mahsulot respublika korsatkichidan ancha pastligi, Qoshtepa, Furqat, Oltiariq, Fargona, Yozyovon tumanlarida sanoat rivojlanmagani korsatib otildi.

Shu bois viloyatni 20192020-yillarda rivojlantirish boyicha umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard somlik 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar togridan-togri xorijiy investitsiya ozlashtiriladi va 31 mingdan ziyod yangi ish orni yaratiladi.

Masalan, Beshariq tumanida Fargona Yasin qurilish mollari korxonasida 200 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, joriy yilda 800 ming tonna va keyingi yildan 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish yolga qoyiladi. Qoqon shahrida Indorama kompaniyasining 70 million dollar togridan-togri sarmoyasi hisobidan Qoqon superfosfat zavodi modernizatsiya qilinib, fosforli ogit ishlab chiqarish quvvatlari 100 ming tonnadan 375 ming tonnaga yetkaziladi. Uchkoprik tumanidagi Shaffof omadli sanoat korxonasida jami 30 million dollar sarmoya hisobidan avtomobillar uchun yiliga 350 ming dona gaz ballonlari hamda 2020 yildan yuk kotaruvchi elektr karalar, mini-traktorlar va qishloq xojaligi texnikasi uchun uskunalar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunday loyihalar kop.

Davlat rahbari mutasaddilarga dasturdagi har bir loyihani amalga oshirish boyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlab, ijrosini taminlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Fargona viloyati investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha bir yil favqulodda holatda ishlaydi. Kelgusi yil may oyigacha hokimliklar ham, tegishli vazirliklar ham hisobot beradi. Bir yil shu tizimda ishlasak, hammasi ayon boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-05-2019, 12:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ...