» » O‘zbekiston Xalq banki naqd pensiyani to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli organga aylandi

O‘zbekiston Xalq banki naqd pensiyani to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli organga aylandi


O‘zbekiston Xalq banki butun mamlakat bo‘ylab pensiya va boshqa to‘lovlarni amalga oshiruvchi yagona vakolatli organga aylandi. Bu haqda, Markaziy bank matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-martdagi qarorida belgilab qo‘yilgan.

2017-yil iyuliga qadar naqd ko‘rinishdagi pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasidan Xalq banki bo‘linmalariga o‘tkaziladi.

Hududiy ijro organlariga Xalq banki naqd shakldagi pensiya va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishi uchun maxsus kassalarni tashkil etishi uchun aholiga qulay joylarda alohida inshootlar bilan ta’minlash haqida ko‘rsatma berilgan.

Ayni vaqtda, mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va maxsus kassaga kelish imkoni yo‘qlarga pensiya va nafaqa pullari Xalq banki tomonidan bu fuqarolar yashab turgan joyga yetkazib beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют