» » Davlat soliq qo‘mitasi xodimlarni ishdan olish uchun maxsus “qora ro‘yxat” tuzilganini rad etdi

Davlat soliq qo‘mitasi xodimlarni ishdan olish uchun maxsus “qora ro‘yxat” tuzilganini rad etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xizmati xodimlarining ayrimlarini ishdan olish yuzasidan maxsus “qora ro‘yxat” tuzilganligi uchun attestatsiya o‘tkazilayotganligi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qo‘mita bunday gap-so‘zlarni rad etdi.

“Davlat soliq qo‘mitasi qat’iy ishonch bilan ta’kidlaydiki, bunday gap-so‘zlar haqiqatga mutlaqo zid. Attestatsiya jarayoni yuzasidan tasdiqlanmagan turli ma’lumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida aniqlik kiritib o‘tishga qaror qildik”, — deyiladi xabarda.

“Attestatsiya yangi soliq konsepsiyasi ijrosini ta’minlash uchun xodimlarning qonun hujjatlarini qanchalik bilishi, professional jihatdan o‘z lavozimiga mos yoki mos emasligini aniqlab berishda muhim ahamiyatga ega. Attestatsiyaning birinchi kunida Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari o‘tkazildi. Bugun esa navbat bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari attestatsiyadan o‘tmoqda.

Avval xabar qilinganidek, attestatsiya DSQ tomonidan tasdiqlangan qat’iy qoidalar asosida o‘tkazilmoqda. Attestatsiya boshlanishidan ikki hafta avval savol-javoblar ro‘yxati tayyorlanib, korporativ tarmoqda joylashtirildi. Shunga muvofiq, soliq xizmati organlari xodimlari ushbu savollar doirasida javob beradi va shu asosida ularning kasbiy malakasi baholanadi.

Qayd etish joizki, attestatsiyada berilayotgan savollar xodimlarning har kunlik bajaradigan ishi bilan bevosita bog‘liq. Ularni baholash yuzasidan boshqa hech qanday omillar qo‘llanilmayapti. Bundan tashqari, xolislikni ta’minlash va tortishuvli vaziyatlarning oldini olish maqsadida attestatsiya jarayonlari videokamera orqali yozib olinmoqda va xodimlar bilan o‘zaro suhbatning stenogrammasi yuritilmoqda.

Attestatsiyadan o‘tish faqat inspektorlarga tegishli bo‘lib, u inspeksiya va boshqarmalar rahbarlariga taalluqli emas.

Agar xodim attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lsa, u holda 10 kun ichida komissiyaga murojaat qilishi mumkin.

Attestatsiyadan o‘ta olmaganlar hech qanday ishdan bo‘shatilmaydi, balki faqat lavozim darajasi pasaytiriladi.

Attestatsiya o‘tkazishdan asosiy maqsad – yuqori lavozimlarda ishlashga loyiq va soliq sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘sha oladigan kuchli va malakali mutaxassislarni aniqlab olishdan iboratdir.

Attestatsiya iyun oyining oxirigacha davom etadi va uning natijasi internet-resurslar orqali e’lon qilinadi”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют