» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi formalin narxini tushirishga erishdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi formalin narxini tushirishga erishdi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tadbirkorlarning murojaatiga asosan qurilish materiallarini ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan formalinni ishlab chiqarish va sotish bozorini o‘rgandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish “Navoiyazot” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi aniqlandi.

“Navoiyazot” formalin ishlab chiqaruvchi O‘zbekistondagi yagona korxona ekanligi hisobga olingani holda, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo’lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan.

Shuningdek, formalinga monopolistik yuqori narx belgilanishi holati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazilgan, natijada mahsulot narxini 20 foizga tushirishga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют