» » Olmaotada bog‘cha bolasini urgan tarbiyachiga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Olmaotada bog‘cha bolasini urgan tarbiyachiga nisbatan sud hukmi o‘qildi


Qozog‘istonning Olmaota shahri voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ixtisoslashgan tumanlararo sudida bog‘cha tarbiyalanuvchisini urganlikda ayblanayotgan Guljan Akimbayevaga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Sudlanuvchining advokati Albina Baxtiyor qizining ma’lum qilishicha, o‘sha kuni o‘z himoyasi ostidagi ayolning uyida muammolari bo‘lgani sabab asabi joyida bo‘lmagan. Ikki kun davomida Guljan vaqtincha ushlab turish izolyatorida saqlangan. U yerda o‘qituvchining yuragi xuruj qilib qolgan.

“Guljan barcha aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymon. Bu kabi jinoyat ishini amalga oshirishiga 2-may kuni oilasida sodir bo‘lgan noxush hodisalar sabab bo‘lgan: otasi insultni boshidan o‘tkazgani uchun u og‘ir tushkunlikka tushib qolgan. Natijada o‘zi ham insult bo‘lgan”, — deydi advokat.

Sud 35 yoshli Guljan Akimbayevani Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodesining 140-modda 2-qismi bilan aybdor deb topib, eng kam ish haqining 60 barobari miqdorida (3,3 million so‘m) jarimaga tortdi.

Bundan tashqari Guljan Akimbayeva ma’naviy zarar uchun jabrlanuvchi tarafga 100 ming tenge to‘laydi. Bolakay onasining so‘zlariga qaraganda, ushbu pullar psixolog xizmati uchun sarflanadi.

3-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisining bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Kadrda tarbiyachi karavotda yotgan bolani qattiq turtgan holda boshqa xonaga olib chiqib ketganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, tarbiyachi bolaning yuziga bir necha bor urgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют