» » APL. Aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

APL. Aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi


Angliya Premyer ligasida aprel oyining eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi. Mazkur nomga “Lester” hujumchisi Jeymi Vardi munosib deb topildi. Bu haqda liganing Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

32 yoshli angliyalik futbolchi aprel oyida “tulkilar” safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qildi.

Mazkur nomga Vardidan tashqari Eden Azar (“Chelsi”), Jordan Henderson (“Liverpul”), Aymerik Lyaport (“Manchester Siti”), Sheyn Long (“Sauthempton”), Ayoze Peres (“Nyukasl”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Kris Vud (“Byornli”) da’vogarlik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют