» » Sergelidagi “Avtoagent” 112 kishini 3,1 mlrd so‘mga chuv tushirdi

Sergelidagi “Avtoagent” 112 kishini 3,1 mlrd so‘mga chuv tushirdi


Namanganlik Abror Mansurov 2015-yil martida Sergeli tumanida “Toshkent avto agent” mas’uliyati cheklangan jamiyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Keyinchalik Nukusda ham jamiyat filialini tashkil etadi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining raisi Shuhrat Bakayev ma’lum qilgan.

Muqaddam sudlanib, amnistiya akti bilan ozod qilingan Abror Mansurov avtomobillarni 3 yilga kreditga berishi, buning uchun 30 foiz oldindan to‘lov qilish kerakligini aytib, pul ishlay boshladi. Shu tariqa 2015-yil fevral oyidan 2018-yilning avgustiga qadar 112 nafar fuqaroni salkam 3,1 milliard so‘mga chuv tushirdi.

Ular orasida eng katta jabr ko‘rgani Surxondaryo viloyatidagi “Jarqo‘rg‘on sifat ta’mir qurilish” xususiy korxonasi rahbari Z.Normuratov bo‘lib chiqdi. Abror unga 2017-yil 27-noyabr kuni imzolangan lizing shartnomasiga asosan bir yil muddatda asfalt yotqizuvchi texnika vositasini olib berishini aytgan. Shunga muvofiq, Z.Normuratov 30 foizlik boshlang‘ich badal sifatida jamiyat hisob raqamiga 245 million so‘m o‘tkazgan va shuncha pulga kuyib qolavergan.

A.Mansurovga nisbatan Jinoyat kodeksining 7 ta moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu ishni ko‘rib chiqqan jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi unga nisbatan uzil-kesil 8 yil va 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari — 73.720.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Sud hukmida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 1,9 milliard so‘m va 1100 AQSh dollari miqdoridagi zararni undirish, jamiyat balansidagi bahosi 678,7 million so‘mlik 10 ta avtomashinani keltirilgan zararlarni qoplashga qaratish, jinoyat predmeti sanalgan 4 ta avtomashinani qonuniy egalariga qaytarish, jinoyat predmeti deb topilgan 17 ta avtomashinani jabrlanuvchilarning nomiga rasmiylashtirish ham o‘z aksini topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют