» » AQSh Davlat kotibi KXDR bilan harbiy mojaro yuzaga kelishi mumkinligini bildirdi

AQSh Davlat kotibi KXDR bilan harbiy mojaro yuzaga kelishi mumkinligini bildirdi


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Amerika KXDR bilan harbiy mojaroga borishni xohlamayotganini, biroq Shimoliy Koreya o‘z yadroviy dasturi bilan tahdid qilsa, barcha turdagi harakatlarni ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Biz, albatta, masala harbiy mojarogacha yetib borishini istamaymiz, biroq agar ular (KXDR) o‘zining yadroviy dasturi bo‘yicha tahdidni tegishli harakatlarni amalga oshirishni talab qiluvchi darajagacha kuchaytirsa, unda har qanday variant ko‘rib chiqiladi”, — dedi AQSh Davlat kotibi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Tillerson AQSh tomonidan Pxenyanga qarshi yangi diplomatik, iqtisodiy va xavfsizlik borasidagi choralarni qo‘llash ehtimoli o‘rganilayotganini ham ma’lum qildi.

AQSh Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, “KXDRga nisbatan strategik bag‘rikenglik tamom bo‘lgan”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 21:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют