» » Chechenistonda ayollarga xizmat ko‘rsatadigan va ayol haydovchilar boshqaradigan taksi xizmati ish boshladi

Chechenistonda ayollarga xizmat ko‘rsatadigan va ayol haydovchilar boshqaradigan taksi xizmati ish boshladi


Chechenistonda ayollarga xizmat ko‘rsatadigan va ayol haydovchilar boshqaradigan maxsus taksi xizmati ish boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Dastlab yo‘nalishga 5 ta mashina chiqardik, talab oshishi bilan ularning soni 20 tagacha yetadi. Operatorlar erkaklardan aslo buyurtma qabul qilmaydi”, — ta’kidladi xizmat rahbari Madina Sakayeva.

Loyiha rhbariga ko‘ra, ayollarni tashish uchun maxsus xizmat tashkil etish zarurati bir avtomobilda yot erkaklar bilan harakatlanishga imkon bermaydigan din va mentalitet me’yorlariga bog‘liq.

Taksi “Mexkari”, ya’ni “Qizlar” deb nomlanadi. Uning yordamida ayollar uylariga kosmetolog yoki boshqa mutaxassislarni ham taklif qilishi mumkin.

Mashinalar parki oq rangdagi va binafsha rang yurgizilgan Hyundai Solaris avtomobillaridan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют