» » Fotogalereya: Dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyini qarshilamoqda

Fotogalereya: Dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyini qarshilamoqda


Dunyodagi minglab musulmonlar dushanba kuni, 6-maydan boshlab Islomdagi muqaddas oy – Ramazon kirib kelishini ilk ro‘zalari bilan boshlab yubordi.

Osmonda navbatdagi hilol oy ko‘rinishiga qarab 29 yoki 30 kun davom etadigan Ramazonda musulmonlar kuni davomida ovqatlanish, ichimlik ichish, chekishdan o‘zini tiyadi. Bundan tashqari, bir oy davomida har bir oila dasturxon atrofida tongda saharlik uchun, quyosh botgach esa iftorlik uchun yig‘iladi.

Quyidagi suratlar TRT World tomonidan jamlanib, o‘zida dunyo musulmonlarining Ramazonga tayyorgarligini aks etgan.

Yangi oy ko‘rinishini durbindan kuzatib turgan erkak.

Germaniyaning Markaziy masjidida musulmonlar birinchi tarovex namozini o‘qimoqda.

Qohira shahridagi do‘konlarning biridagi sotuvchi Liverpulning misrlik futbol o‘yinchisi Muhammad Saloh suvenirini ko‘rsatmoqda.

Sarayevodagi G‘ozi Husravbek masjidida musulmon ayollar Ramazonning boshlanganini nishonlash uchun milliy libosga yasanib olgan.

Yamanliklar Ramazon xayriya qilib tarqatilgan oziq-ovqatlarni ko‘tarib ketishmoqda.

Musulmonlar markaziy Malidagi Buyuk Jenne masjidini loy bilan ta’mirlamoqda.

Turkiyalik konchilarning Qora dengiz sohilidagi Zonguldak provinsiyasidagi ilk saharligi.

Eronliklar Ramazon oyi boshlanishidan oldin Tehronning janubida joylashgan shilar imomi Abdulazim haramiga tashrif buyurmoqda.

Bosniya va Gertsegovinada bolalar Ramazonning boshlangani munosabati bilan pufaklar ishirib olgan.

Kosovoning Pristina shahridagi Fotih Sulton Mahmud masjidida musulmonlar ilk tarovex namozini o‘qimoqda.

Pokistondagi Karachi savdo markazida sotuvchi xurmolarni tarozida tortmoqda.

Indoneziyada Medan shahridagi Ar-Raudlatul Hasana islom maktab-internatida Ramazonning birinchi kunida talabalar peshin namozini o‘qimoqda.

Hindistonlik musulmon ayol Uluberia shahridagi saylov uchastkasida navbatini kutmoqda. Hindiston saylovlarining so‘nggi kuni Ramazonning ilk kuniga to‘g‘ri kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 03:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют