» » Xitoyda quruvchi yonayotgan binodan odamlarni qurilish krani yordamida qutqardi (video)

Xitoyda quruvchi yonayotgan binodan odamlarni qurilish krani yordamida qutqardi (video)


Xitoyning Lyaonin provinsiyasidagi Fushun shahrida qurilish krani operatori yonib turgan baland binodan chiqa olmayotgan 14 kishini qutqardi. Bu haqda South China Morning Post xabar beradi.

Yong‘in 19 yoshli Lan Szyunsze ishlayotgan qurilish maydoni yaqinidagi binoda sodir bo‘lgan. Birinchi qavatda joylashgan do‘konda boshlangan yong‘in tez orada yuqori qavatlarga ham o‘tib ketdi. Yigit qurilish kranini yonayotgan bino derazalari yoniga olib borib, odamlarning yarim soat mobaynida binodan chiqib olishlariga yordam berib turdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar tovushiga qaramasdan, u ishini davom ettirgan. “Men boshqa muammolar haqida o‘ylamasdan, odamlarni tezroq qutqarishga harakat qildim. Odamlardan maqtovlarni eshitib, ularning minnatdorchiligidan o‘zim faxrlanib ketdim. O‘ylaymanki, men ular uchun juda yaxshi ish qildim”,— deydi qurilish muhandisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют