» » Kanadalikning xonadonidan 300 ta mushuk musodara qilindi

Kanadalikning xonadonidan 300 ta mushuk musodara qilindi


Toronto shtatidagi hayvonlarni himoya qilish xizmati (HHQX) mahalliy fuqarosi uyidan u bilan birga yashagan 300 ta mushukni musodara qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

U odamning uyidan yoqimsiz hidlar kelishidan shikoyat qilgan qo‘shnilari uning kvartirasida 10—15 ta uy hayvoni borligini taxmin qilgan edi. Biroq uning uyidan 300 ta mushuk topilgan.

HHQX hayvonlarni ushlab olib, ularning sog‘lig‘ini tekshirish uchun veterinarlarga topshirdi. Ajablanarlisi shundaki, barcha mushuklar to‘liq sog‘lom edi. Ularda hatto birorta burga yoki infeksiya ham topilmadi.

Nima sababdan bu odam 300 ta mushuk bilan kichkina kvartirasida yashagani aniq emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют