» » Deputatlar Respublika onkologiya va radiologiya markazida elektron navbat joriy etilmaganini tanqid qildi. Mamlakat bo‘yicha umumiy yagona elektron ro‘yxat ham mavjud emas

Deputatlar Respublika onkologiya va radiologiya markazida elektron navbat joriy etilmaganini tanqid qildi. Mamlakat bo‘yicha umumiy yagona elektron ro‘yxat ham mavjud emas


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatida “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun ijro etilishini o‘rganish yakunlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida markazda fuqarolarga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sharoit yaratish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmagani aniqlandi.

Jumladan, markaz tomonidan shu kungacha bemorlarni masofadan shifokor qabuliga yozish imkoniyati yaratilmagan. Navbatni boshqarish bo‘yicha tizim o‘rnatilmagan, “elektron navbat”, masofadan navbatni band qilib qo‘yish imkoni yo‘q.

Yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari o‘z ahvoliga tashlab qo‘yilgan. Bugungi kunda respublika bo‘yicha umumiy yagona elektron ro‘yxat mavjud emas.

Markazda ro‘yxatdan o‘tgan bemorlarning elektron kartalari joriy qilinmagan. Markazga qarashli ta’mirlanayotgan bino loyihasida esa aloqa vositalari, shu jumladan, telefon va lokal tarmoqlarni o‘rnatish ko‘zda tutilmagan.

Markazning amalda ishlab turgan poliklinikasida esa, zarur axborot infrastrukturasi yaratilmagan. Mas’ul shifokorlarning xonalari lokal tarmoqqa ulanmagan, mavjud kompyuter vositalari va ulardagi dasturiy mahsulotlar ma’nan eskirgan, xizmat kompyuterlarining birortasida ham litsenziya asosidagi operatsion tizim va dasturlar o‘rnatilmagan.

O‘rganishlar davomida markazdagi mavjud 124 ta kompyuterning aksariyati nosoz holda bo‘lgani sababli, shifokorlar o‘z ehtiyojlari uchun olib kelgan shaxsiy kompyuterlardan foydalanib kelayotgani holatlari ham aniqlandi.

Ichki lokal tarmoqni ulash orqali axborot almashish imkoniyati filiallarda ham yetarli yaratilmagan. Masalan, Namangan filialida mavjud 28 ta kompyuterdan 6 tasi, Farg‘ona 2-son filiali 8 ta kompyuterdan 4 tasi ichki lokal tarmoqqa ulangan, xolos.

Deputatlar tomonidan Onkologiya markazi va unga qarashli poliklinika o‘rtasida lokal tarmoq yo‘qligi, fuqarolar uchun onlayn maslahat, elektron navbatning tashkil etilmagani, bemorlar bilan navbat asosida ishlashda tizimli yondashuv shakllantirilmagani, tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilmagani keskin tanqid qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют