» » Germaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy lagerlarda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasi abadiylashtiriladi (foto)

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy lagerlarda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar xotirasi abadiylashtiriladi (foto)


O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy lagerlarda halok bo‘lgan o‘zbek zobit va askarlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish, qabrlarini topish va ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda “Daryo”ga elchixona matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri, Shtukenbrok shaharchasida joylashgan “Shtalag 326” harbiy asirlarga oid ma’lumotlar markazi va muzeyi bilan yaqin aloqalar o‘rnatildi.

Ushbu markazdagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 1941—1945-yillarda bu yerda barpo etilgan lagerga keltirilgan 42 000 harbiy asir orasida 360 nafar o‘zbek askari bo‘lgan. Ulardan 35 nafari “Shtukenbrok” qabristoniga umumiy holda dafn etilgan. Qolgan vatandoshlarz haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.

Xotira va qadrlash kuni arafasida, 7-may kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Qosimov “Shtukenbrok” harbiylar qabristoniga dafn etilgan vatandoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida bu yerga keldi va ularning ruhi uchun duo qilib, gulchambar qo‘ydi.

“Shtalag 326” markazi ijrochi direktori O.Nikel bilan suhbat chog‘ida ushbu harbiylar qabristonida mangu orom topgan yurtdoshlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida yodgorlik toshi o‘rnatish masalasi ham muhokama etildi.

Uchrashuv chog‘ida birgalikda tegishli hujjatlar tayyorlash, va barcha tashkiliy masalalarni hal etib, kelgusi yil may oyida o‘zbek harbiylari dafn etilgan mazkur qabristonga xotira toshi qo‘yish masalasida kelishib olindi.

Markazdagi mavjud arxivdan o‘zbek harbiy asirlari ro‘yxati, ularga oid saqlanib qolgan hujjatlardan nusxalar olindi. Aksariyat qismi sarg‘ayib ketgan ushbu hujjatlarda vatandoshlarning rasmlari, ularning shaxsiga oid ma’lumotlar ifoda etilgan.

Jumladan:

Safarov Nurali, 1912-yilda tug‘ilgan, bo‘yi 160, oddiy askar, kasbi dehqon, otasi Safar, onasi Qunduz. Manzili —Buxoro viloyati, s.Bekmarov qishlog‘i. 1943-yil 5-martda vafot etgan;

Ruzmetov Abduraxmon, 1918-yil 3-martda tugilgan, bo‘yi 180, oddiy askar, kasbi dehqon, otasi Ruzmet, onasi Ziyoda. manzili — Tashkent viloyati, st.Tarkana. 1944-yil 9-iyulda vafot etgan.

Ushbu ro‘yxat va hujjatlar asosida urush yillarida bedarak ketib, “Shtukenbrok” harbiylar qabristoniga dafn etilgan vatandoshlarning qarindoshlari, yaqinlari topilsa ajab emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют