» » Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?

Ota-onalar e’tiboriga: o‘smir farzandingiz sizga qo‘pollik qilsa, nima qilish kerak?


Bola qanchalik yuvosh bo‘lmasin, o‘smirlik davrida shunday paytlar bo‘ladiki, uning fe’l-atvori o‘zgaradi va sizga qo‘pollik qila boshlaydi. Buning sababi nimada va bolaga qanday yordam berish kerakligi haqida bizning maqolamiz orqali bilib olasiz.

Birinchidan, o‘smirlikning rivojlanish davrida bolada serjahllik va ta’sirchanlikni oshiradigan gormonal chayqalishlar yuz beradi. Ikkinchidan, bu davrda katta bo‘lish, mustaqil bo‘lish, tengdoshlari orasida e’tirof etilish, ya’ni o‘zini ko‘rsatib qo‘yish istaklaridan iborat keskin o‘zgarish holatlari kuzatiladi.

Bunday vaqtda bolani foydali kitoblarga, kinofilmlarga, o‘zi hurmat qiladigan kishilar bilan muloqot qilishga jalb qilish lozim. Shunday qilib, u mustaqil ravishda o‘z qarashlarini shakllantira boshlaydi.

Ota-onalar tomonidan e’tiborsiz bo‘lgan bolalar, diqqatini biroz bo‘lsa-da tortish uchun ularga qo‘pollik qiladi. Ko‘rib turibsizki, salbiy muomala yordamida bunga erishish oson.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, farzandingiz uning muvaffaqiyatlariga e’tiboringizni qaratish, unga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishingiz uchun eng so‘nggi choralar qo‘llashga majbur bo‘layapti.

Bolalar hatto o‘smir yoshidan dunyoni o‘rgana boshlaydi, o‘z harakatlariga nisbatan reaksiya olishni xohlaydi. Aks holda ular qanday yashashni hech qachon tushunmaydi.

Agar farzandingiz ataylab janjal chiqarishga va sizning achchig‘ingizga tegishga harakat qilayotgan bo‘lsa, mayli u istaganidek bo‘lsin.

Ya’ni, bunday muomala uchun qanday javob bo‘lishini ko‘rsatish vaqti kelganini bildirish zarur: jiddiy tanbeh berish, qanaqadir jazo tayinlash.

Manba: “Passion.ru”

Опубликовано: admin (17-03-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют