» » Google yangi smartfonlarini taqdim etdi. Ularning narxi 399 va 479 dollarga teng (video)

Google yangi smartfonlarini taqdim etdi. Ularning narxi 399 va 479 dollarga teng (video)


Google kompaniyasi ixtirochilar uchun o‘tkazilgan I/O 2019 anjumani doirasida Pixel 3a va Pixel 3a XL smartfonlarini taqdim etdi. Yangi qurilmalar 2018-yilning kuzida sotuvga chiqqan Pixel 3 va Pixel 3 XL’ning budjet versiyalari hisoblanadi, deya xabar qiladi Meduza.

Mazkur smartfonlar 8 megapikselli frontal va 12 megapikselli asosiy kamera (texnojurnalistlar ushbu kameralarni bozordagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblamoqda) bilan jihozlangan. Xotirasi 64 gigabaytdan 128 gigabaytgacha. Pixel 3a’ning akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat, Pixel 3a XL’niki esa 3700 mA/soatga teng.

Here’s the whole picture: #pixel3a, a radically helpful, gorgeously designed phone for everyone. Starting at just $399. #io19 pic.twitter.com/1KKB2m3PJc

— Made by Google (@madebygoogle) May 7, 2019

Smartfonlar 7-maydan boshlab dunyoning 13 mamlakatida sotuvga chiqdi (Rossiyada rasman sotuvga chiqmaydi). Pixel 3a’ning narxi 399 dollarga, Pixel 3a XL qurilmasining narxi esa 479 dollarga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют