» » Turkiya kompaniyasi Bukhara City loyihasining konseptini taqdim etdi (foto)

Turkiya kompaniyasi Bukhara City loyihasining konseptini taqdim etdi (foto)


Turkiyaning Vertebra dizayn-studiyasi Bukhara City konseptini namoyish etib, lohiya tafsilotlari haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi Spot.

Ma’lum qilinishicha, kompleks Buxoro markazidan 3 kilometr narida, hozirda qisman ishlayotgan sanoat zonasida joylashadi. Umumiy maydoni — 535 ming kvadrat metr. Taxminiy investitsiya hajmi — 0,5 milliard dollar.

Vertebra kompleksning nafaqat konseptini yaratadi, balki shaharni va barcha binolarning tashqi ko‘rinishini loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, investorlar va pudratchilarni tanlashni o‘z ichiga olgan loyiha menejmenti bo‘yicha maslahatchi sifatida ishtirok etadi.

Bu yerda ko‘chmas mulk, biznes markazlar, mehmonxonalar, ilmiy markaz, muzey, kutubxona, konferensiya markazi, jamoat joylari, yashil hududlar va Islomshunoslik markazi bo‘ladi.

Loyiha ta’rifida aytilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz tufayli qiyinchiliklarga duch kelayotgan va xalqaro bozorlarga kirib buni bartaraf etishga intilayotgan Turkiya qurilish sohasida katta ahamiyatga ega.

Loyiha ikki bosqichga bo‘lingan — birinchisi 375 ming kvadrat metr joyda qurilishni o‘z ichiga olsa, ikkinchi bosqich esa — 75 ming kvadrat metr hudud tayyorlanadi. Uylar turli balandliklarda, ichki hovliga va atrofi yashil zonalarga ega bo‘ladi.

Binolar orasidan kichikroq kanal o‘tkazilib, jamoat joylarida Labihovuz maydonidagi Nodirbegi hovuziga o‘xshash suv havzasini hosil qiladi. Buning uchun mavjud kanallar tizimi ta’mirlanib, modernizatsiya qilinadi.

Shahar markaziga ham o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda, transport harakati cheklanadi — uning o‘rniga to‘liq piyodalar zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, loyihada turistik tramvaylar tarmog‘ini yaratish haqida ham gap boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют