» » “Manchester Yunayted” Pogbaning transfer narxini e’lon qildi

“Manchester Yunayted” Pogbaning transfer narxini e’lon qildi


“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba “Real”ga o‘tish istagi borligini ma’lum qildi.

The Telegraph’ning xabar berishicha, futbolchi transfer amalga oshishi uchun “Yunayted”ga bosim o‘tkazishga tayyor. Pogbaning “Qirollik klubi”ga o‘tish istagi “qizil iblislar”ning kelasi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligi oydinlashganda esa yanada kuchaydi.

Biroq “mankunianlar” fransiyalikni arzon narxga sotmoqchi emas. Klub futbolchini 160 million funtdan kamiga sotishni xohlamayapti. Madridliklar esa ushbu summani bera olmaydi, klub “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar bilan shartmona imzolashga urinmoqda.

“Yunayted”ning ma’lum qilishicha, Pogbaning agenti Mino Rayola “Real” bilan muzokara olib borgan va Ispaniya klubi mavsum oxirida futbolchi uchun 100 million funt taklif qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba joriy mavsum Premyer liga doirasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют