» » Andijon viloyatida hokimlarning o‘rinbosarlariga 50 ta Nexia topshirildi

Andijon viloyatida hokimlarning o‘rinbosarlariga 50 ta Nexia topshirildi


Andijonda shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlariga xizmat avtomashinalari berildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov 50 ta Nexia avtomashinalarining kalitlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Qo‘rg‘ontepa va Asaka tumanlari hokimliklari uchun 4 tadan, qolgan shahar va tuman hokimliklariga 3 tadan avtomashina taqdim etildi.

Xizmat avtomashinalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ajratilgan.

Mazkur qarorda, shuningdek, shahar va tuman hokimliklari uchun uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan. “Hozirda Andijon viloyatida ham shunday uylar bunyod etilmoqda”, — deyiladi hokimlik axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют