» » O‘zbekistonga Kanada ishbilarmonlik missiyasi tashrif buyuradi

O‘zbekistonga Kanada ishbilarmonlik missiyasi tashrif buyuradi


Kanadaning Alberta shtati hukumati va Kanadaning Rossiya va Yevrosiyoda ishbilarmonlik assotsiatsiyasi (CERBA) delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Buyuk kelajak” ekspertlik kengashi a’zosi Erkin Otaxonov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tashrif 15-maydan 19-maygacha davom etadi. Delegatsiya tarkibidan neft-xizmat ko‘rsatish sektori, tog‘-kon, aerokosmik, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda faoliyat olib boruvchi 20 dan ortiq kompaniya vakillari o‘rin olgan.

Tashrif doirasida Kanada kompaniyalari Toshkentda har yili o‘tkaziladigan “Neft va gaz” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda CERBA bo‘limi ochilishi munosabati bilan, Kanada va O‘zbekiston hukumati ko‘magida Toshkent va Navoiy shaharlarida ko‘p tarmoqli O‘zbekiston-Kanada ishbilarmonlik forumi o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют