» » Chirchiqdagi “O‘lmas polk” uchun rasman ruxsat olinmagan

Chirchiqdagi “O‘lmas polk” uchun rasman ruxsat olinmagan


8-may kuni ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop sahifalar va messenjerlardagi kanallarda Chirchiq shahrida “O‘lmas polk” tadbiri o‘tkazilganini tasdiqlovchi suratlar tarqaldi. Chirchiq shahri mas’ullarining “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, ushbu tadbirni o‘tkazish uchun rasman ruxsat olinmagan.

Chirchiq shahar hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Matkarimovning so‘zlariga ko‘ra, shahar Rus milliy madaniy markazi tomonidan jamoat tartibini saqlagan holda tadbir o‘tkazishga ruxsat so‘ralgan. So‘rovda alohida “O‘lmas polk” o‘tishi ko‘rsatilmagan edi.

“Bugun, 8-may kuni Chirchiq shahrida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bayramdan so‘ng shahar Rus milliy madaniy markazi vakillari 50 dan ortiq ishtirokchi bilan piyodalar yo‘lakchasi orqali yurish qildi. Lekin ‘O‘lmas polk’ga rasmiy ruxsat berilmagan”, — dedi Matkarimov.

Qayd etish joiz, shaharda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbirida mingdan ortiq aholi vakillari, shuningdek, shahar hokimi ham qatnashgan. Tadbir doirasida Chirchiqning Alisher Navoiy ko‘chasida harbiy parad bo‘lib o‘tgan.

Chirchiq shahar IIB vakili bergan ma’lumotga ko‘ra, shaharda “O‘lmas polk” tadbirini o‘tkazish uchun hech qanday ruxsat olinmagan.

Avvalroq Toshkent shahrida faollar piyodalar yo‘laklari va trotuarlardan yurgan holda “O‘lmas polk” aksiyasini o‘tkazmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, biroq poytaxt hokimligi shaharda hech qanday “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmasligi, buning uchun ruxsat berilmaganini ma’lum qildi (Toshkentda 2017 va 2018-yillarda ham “O‘lmas polk”ga ruxsat berilmagan).

“O‘lmas polk” tadbirini o‘tkazish an’anasi 2012-yili xalq tashabbusi sifatida Rossiyaning Tomsk shahrida boshlangan bo‘lib, keyinchalik u butun Rossiya va boshqa qator mamlakatlarda ham o‘tkazila boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘lmas polk” aksiyalari Rossiya davlat idoralari ko‘magi va Rossiya hukumatiga yaqin jamoat tashkilotlari moliyalashtirishida tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют