» » Shahzoda Garri va Megan Markl farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi (foto)

Shahzoda Garri va Megan Markl farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi (foto)


Sasseks gersoginyasi Megan Markl va shahzoda Garri yangi tug‘ilgan farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Yosh ota-ona o‘g‘lini qo‘lida tutib, Vindzor qasrida jurnalistlar oldiga chiqdi. Megan Markl uzoq davom etgan tanaffusdan keyin birinchi marta kameralar qashisida ko‘rinish berdi.

Qirollik oilasining yangi a’zosi 6-may, dushanba kuni Londondagi Portlend kasalxonasida dunyoga kelgandi.

Bola Britaniya taxtiga navbatda yettinchi o‘rinni egallaydi, undan oldinda bobosi — shahzoda Charlz, amakisi — shahzoda Uilyam, uning farzandlari — shahzoda Jorj, malika Sharlotta, shahzoda Lui hamda otasi — shahzoda Garri bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют