» » HUAWEI bolalarda ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq kasalliklarning erta belgilarini aniqlashga mo‘ljallangan Track AI loyihasini taqdim qildi

HUAWEI bolalarda ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq kasalliklarning erta belgilarini aniqlashga mo‘ljallangan Track AI loyihasini taqdim qildi


HUAWEI kompaniyasining bergan xabariga ko‘ra, u yetakchi tibbiy tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda bolalarning ko‘rish qobiliyatini saqlash uchun sun’iy intellektga doir o‘zining ixtisoslashgan tajribalarini amalda qo‘llashni boshlaydi. HUAWEI Aragon tibbiy tadqiqotlar instituti (IIS Aragon) va DIVE Medical bilan hamkorlikda Track AI tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda. Sun’iy intellekt bazasidagi ushbu yechim bolalarda ko‘rish qobiliyatiga oid nuqsonlarni erta diagnostika qilish uchun yaratilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) hisobotiga binoan, dunyoda 19 milliondan ortiq bolalarning ko‘rish qobiliyatida nuqsonlar mavjudligiga qaramay 70-80 foiz holatda ushbu kasalliklarning oldini olish yoki davolashning imkoni mavjud ekan. Aksariyat holatlarda bunday nuqsonlarga ega bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmaydi, bu esa o‘z navbatida ulardagi ko‘rish qobiliyatining jiddiy tarzda yomonlashishiga, pirovardida umumiy salomatlik holatiga, ta’lim olish va jamiyatga qo‘shilish kabi jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi.  Ayni vaqtda 12,8 mln bola u qadar jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmagan va oson bartaraf etiladigan ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan.

“So‘nggi yillarda biz bolalarnin ko‘rish qobiliyatini baholashga va nuqsonlarni aniqlashga qodir instrumentni yaratish ustida ish olib boryapmiz”, — deydi DIVE Medical loyihasida xizmat qiladigan bolalar oftalmologi  Viktoriya Pueyo (Victoria Pueyo). — “HUAWEI kompaniyasining ko‘magida sun’iy intellekt texnologiyalari orqali biz o‘z maqsadimizga yanada yaqinlashdik. Biz bu texnologiyalarni butun dunyo bo‘ylab tatbiq etishga intilyapmiz, chunki shundagina umumiy harakatlarimiz orqali ko‘rish qobiliyatiga aloqador har qanday kasallikni yengishga qodir bo‘lamiz".

Ko‘rish qobiliyatidagi nuqsonlarni aniqlash uchun HUAWEI Matebook E kompyuterida DIVE (Devices for an Integral Visual Examination, ko‘rish qobiliyatini to‘liq tekshirishga oid asboblar) dasturi ishga tushiriladi. Mazkur dastur yordamida ikkala ko‘zning turli vizual funksiyalarni sinash uchun ishlab chiqilgan maxsus qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan reaksiyasi tekshiriladi. Shundan keyin bemorning ko‘rish qobiliyatiga doir modellar haqida yig‘ilgan ma’lumotlar ko‘zdagi potensial kasalliklar belgilarini aniqlaydigan HUAWEI HiAI algoritmi yordamida HUAWEI P30 smartfonida qayta ishlanadi.

HUAWEI P30 smartfoni va HUAWEI HiAI texnologiyasi orqali Track AI loyihasi doirasida bolalarda (olti oylikdan boshlab) kuzatiladigan erta bosqichdagi ko‘rish qobiliyati bilan aloqador muammolarni aniqlashga mo‘ljallangan foydalanishda oson, portativ va hamyonbop yechim ishlab chiqildi. Natijada esa odamlar maxsus tayyorgarliksiz bolalardagi ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlab, tezda davolashni boshlashlari mumkin bo‘ladi.

Piter Gauden, HUAWEI texnologik eksperti: “Avval smartfonlar sun’iy intellekt asosidagi murakkab algoritmlarni bajarish uchun yetarli darajada kuchli bo‘lmagan, shu bois olingan ma’lumotlar qayta ishlanish uchun bulutli serverga jo‘natilgan. Bulutdagi server bilan ma’lumot almashish bosqichi intellektual hisoblash jarayonini sekinlashtiradi,

buning ustiga internetsiz ulardan foydalanib ham bo‘lmaydi. Track AI tizimining yangi imkoniyatlari o‘zida HUAWEI yaratgan mashinaviy o‘rganish va mobil qurilmada IIS Aragon va DIVE Medical kabi tashkilotlarning ishlanmalarini o‘z ichiga olgan algoritmlarni bajarish texnologiyasini jamlaydi. Track AI tizimi HUAWEI kompaniyasining sun’iy intellektni qo‘llash jabhalarini kengaytirishga qaratilgan yirik dasturining bir qismidir. Butun jahon bo‘ylab ota-onalar va shifokorlarning sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tez, oson va samarali tarzda ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq muammolarni aniqlashga imkoniyat yaratish bizning ushbu loyihadagi birlamchi maqsadimiz hisoblanadi.

Bu qanday ishlaydi?

Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni mavjud bolalar sog‘lom bolalarga qaraganda boshqacha dunyoqarash modeliga ega bo‘ladi. DIVE tizimi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan qo‘zg‘atuvchilarga nistaban nigohning reaksiya paytidagi holati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish xususiyatiga ega. Bunday ma’lumotlar tahlili va interpretatsiyasi maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan tibbiy xizmatchilar uchun juda murakkab vazifa hisoblanadi. Biroq sun’iy intellekt yordamida kompyuterlarni anomal reaksiyalarni aniqlaydigan qilib sozlash va bu orqali tekshirish hamda tashxis qo‘yish jarayonini osonlashtirish, pirovardida esa kasallik diagnostikasidan davolash bosqichiga tezroq o‘tish mumkin bo‘ladi.

Track AI yechimi Google TensorFlow ochiq dasturiy platformasi va HUAWEI HiAi texnologiyalariga tegishli imkoniyatlar asosiga qurilgan. U sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan kuchli hisoblash tizimiga ega Kirin 980 rusumli ilg‘or protsessor o‘rnatilgan smartfonlarda mashinaviy o‘rganish tizimini yaratishga imkoniyat yaratdi. Ta’kidlash kerakki, bunday xususiyatga ega smartfonlar mobil qurilmalarda sun’iy intellekt kelajagini belgilab beradi.

Kirin 980 protsessoridan qo‘sh neyromodul bevosita smartfonda sun’iy intellekt faoliyatini va intellektual funksiyalar ijrosini ta’minlaydi. Bu esa ishni yanada tezlashtirib, foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlarning maxfiyligini kafolatlaydi. Qo‘sh neyromodul smartfondagi sun’iy intellektga vaqt o‘tgan sari mukammallashib, qurilmadan foydalanish mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi.

Portativ smartfon asosidagi TrackAI texnologiyasi Wi-Fi tarmog‘iga ulanishni talab qilmaydi va real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ib, diagnostika jarayonini tezlashtiradi. HUAWEI smartfonidagi imkoniyatlar TrackAI texnologiyasini butun dunyo bo‘ylab ishlatishga zamin yaratadi.

Birlamchi sinovlardan keyin loyiha tez orada keng tarqala boshlaydi. Sun’iy intellektga asoslangan tizimning rivojlanishi uchun minglab bolalarning tekshiruviga oid ma’lumotlar to‘plami talab etiladi. Bu kabi ma’lumotlar hozirda uchta qit’ada joylashgan beshta mamlakatda (Xitoy, Meksika, BAA, Ispaniya va Buyuk Britaniya) yig‘ilmoqda. Kerakli hajmdagi ma’lumotlar to‘plangach, neyron tarmoqlarni o‘qitish jarayoni boshlanadi, shundan keyin, joriy yilda, prototip-qurilma ishga tushiriladi.

2020 yilda esa shifokorlarga erta bosqichdagi ko‘z kasallliklarini aniqlaydigan va to‘g‘rilaydigan qurilmalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

IIS va DIVE Medical haqida:

IIS Aragon yetakchi tadqiqot instituti — bu Ispaniyadagi Migel Servet universiteti shifoxonasi va Saragosa universitetlaridan tashkil topgan konsorsiumdir. Ushbu institutlarda xizmat qiladigan tadqiqotchilar boshlang‘ich tayyorlov darajasiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlarga ko‘rish

qobiliyati bilan bog‘liq muammolarni aniqlashga yordam beradigan tizimni ishlab chiqayotgan DIVE Medical startapiga asos solishgan. U yanada tez va aniq tashxis qo‘yish, ko‘rish qobiliyati yo‘qotilishining oldini olishga qaratilgan aralashuvlar borasida yanada to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi.

HUAWEI HiAi haqida:

HUAWEI HiAI 2.0 — bu qurilmalarga sozlangan sun’iy intellekt (AI) tizimlarini yaratishga yordam beradigan ochiq platforma. Mazkur platforma HiAI Foundation, HiAI Engine va HiAI Service orqali dasturchilarga HUAWEI chipsetlari, qurilma va bulutlarining imkoniyatlari bilan tanishish uchun ochiq ekotizim vazifasini bajaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют