» » Rossiya kompaniyasining alyumin simlarini O‘zbekiston birjasida so‘mga sotib olish mumkin bo‘ldi

Rossiya kompaniyasining alyumin simlarini O‘zbekiston birjasida so‘mga sotib olish mumkin bo‘ldi


O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi (O‘zRTXB)ning ichki birja savdolarida Rossiyaning “Rusal” kompaniyasi mahsuloti milliy valyuta — so‘mda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya ishlab chiqaradigan II AKLP-PT-7E, 9,5 millimetr markali alyumin simini sotish uchun yangi birja kontrakti ochilgan. Alyumin yetkazib berish XT Power Cable Technology tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangi birja kontrakti loti 2 tonna bo‘lib, bir tonna uchun boshlang‘ich narx 24,5 million so‘m (bir lot uchun — 49 million so‘m)ni tashkil etadi.

Yetkazib berish shartlari — EXW xaridorning o‘zi sotuvchi omboridan olib ketadi.

Uzluksiz quyish orqali olingan, diametri 9,5 millimetr bo‘lgan yarimqattiq alyumin simi sim va boshqa elektrotexnik maqsadlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning “Rusal” kompaniyasi — birlamchi alyumin va glinozyoma ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Kompaniya zavodlarida alyumin eritish quvvati 4,3 million tonnani tashkil etadi. Kompaniya mahsulotlari asosan Yevropa, Rossiya va MDH davlatlari, Shimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaponiya va Koreya davlatlariga sotiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют